«yetim bolalar» tegli maqolalar


Senator tanqididan so‘ng yetim bolalarga uy uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
21 dekabr 2023, 16:56

Senator tanqididan so‘ng yetim bolalarga uy uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi

2024-yilgi davlat budjetidan har bir yetim bolaga sotib olinadigan bir xonali kvartira uchun 137,5 mln so‘m ajratilishi belgilangan. Senator bu pulga hatto chekka hududlarda ham kvartira topish qiyinligini aytdi. Vazir Jamshid Qo‘shqorov bu masala ko‘rib chiqilib, o‘zgartirish kiritilishini ta’kidladi.

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi
28 oktabr 2021, 12:43 1

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 18 yoshga to‘lganida ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, nikoh tuzilgan hollarda esa, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Ularga uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos bo‘ladigan order berilishi ham belgilanmoqda.

Senatorlar yetim bolalar ijtimoiy ta’minotidagi kamchiliklarni sanab o‘tdilar
21 oktabr 2021, 15:57

Senatorlar yetim bolalar ijtimoiy ta’minotidagi kamchiliklarni sanab o‘tdilar

Senatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi axborot tinglandi. Senatorlar kollej va OTMlarda bolalarni o‘qitish uchun kitoblab sotib olishga subsidiyalar haligacha ajratilmaganini qayd etdilar. Ularning fikricha, oilaviy bolalar uylarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni yangilash zarur.

Milliy gvardiya Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga qaytarishga ko‘maklashadi
11 avgust 2021, 15:31

Milliy gvardiya Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga qaytarishga ko‘maklashadi

Milliy gvardiya prezident qarori bilan o‘ziga biriktirilgan Mehribonlik uylaridagi bolalarni ota-onalariga qaytarish, vasiy tayinlash va farzandlikka olishga ko‘maklashadi. O‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarning muammolarini o‘rganish va hal etish uchun «Mehr daftari» tizimi joriy qilinadi.

Vasiylikka olingan yetim bolalarga ham OTMga kirish uchun kvota ajratiladi
10 avgust 2021, 20:50

Vasiylikka olingan yetim bolalarga ham OTMga kirish uchun kvota ajratiladi

Joriy yildan homiylikka yoki patronatga olingan 25 yoshdan oshmagan yetim bolalar Mehribonlik uylari bitiruvchilariga ajratilgan OTMga kirish uchun qo‘shimcha kvotadan foydalanishi mumkin. Jami 6,2 ming nafar bolaga qo‘shimcha kvota berish kutilmoqda. Qolaversa, ularga 50 foiz oshirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi. Nodavlat o‘quv kursida o‘qish harajati va xorijda davolanish uchun kompensatsiya, kitob harid qilishga esa subsidiya beriladi.

18 yoshga to‘lgan yetim bolalarga 1 xonali uy ajratiladi — prezident qarori
10 avgust 2021, 20:12 3

18 yoshga to‘lgan yetim bolalarga 1 xonali uy ajratiladi — prezident qarori

Prezident qarori bilan uyga muhtoj va 18 yoshga to‘lgan yetim bolaga 1 xonali, ular o‘rtasida nikoh tuzilgan taqdirda 2 xonali uy-joy ajratish tartibi belgilanmoqda. Bola 30 yoshga to‘lguncha uyni sotish, garovga qo‘yish va ijaraga berish qo‘yish mumkin emas. Yil yakuniga qadar 757 nafar bolani uy bilan ta’minlash reja qilingan. Bunga qadar yetim bolalarga bo‘sh turgan yotoqxona va qarovsiz qolgan uylardan ajratib kelingan.

OTMlarda tahsil olayotgan yetim bolalar davlat qaramog‘ida bo‘ladi
24 noyabr 2020, 10:42

OTMlarda tahsil olayotgan yetim bolalar davlat qaramog‘ida bo‘ladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan, OTMlarda ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. Bundan tashqari, davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun pul mablag‘lari ajratiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting